Ijtimoiy reyestrga ariza topshirgan oilaning sharoiti o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan Ibragimova Salomatning oilaviy va ijtimoiy sharoiti o‘rganildi.
O‘rganish davomida xonadonning yashash sharoiti, oilaning ijtimoiy holati, moddiy ta’minoti hamda mavjud ehtiyojlari joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, oilani Ijtimoiy reyestrga kiritish bo‘yicha berilgan arizaning holati o‘rganilib, mavjud muammolar va ehtiyojlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Aniqlangan masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish hamda oilaga zarur ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilishi belgilandi.