Hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva tomonidan Termiz MFY aholisi bilan birgalikda hududlarda obodonlashtirish va tozalik ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘tkazilayotgan hasharlarda aholi faol ishtirok etib, ko‘cha va yo‘l yoqalarini tozalash, hududlarni tartibga keltirish hamda atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bunday ishlar mahallada obodlik va tozalikni ta’minlash, aholi uchun yanada qulay va fayzli muhit yaratishga xizmat qilmoqda.