Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tadbirkorlar va o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar OSHP hududida amalga oshirilgan ishlar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash raisining o‘zi saylangan hududdagi Gulbahor OSHP faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Kengash raisining o‘zi saylangan hududdagi faoliyati
янв.21
Ayritom mahallasida keng qamrovli nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi: Muammolar o‘rganildi, amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Deputatlar tomonidan targ‘ibot ishlarini olib borildi:
янв.21
Nazorat tahlili tadbirid davomida hududdagi bog‘cha hamda maktab sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputat nuroniylar holidan xabar olib, hududdagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Deputat hududlarda bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi yettinchi chaqiriq oltinchi sessiya boʻlib oʻtdi.

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi yettinchi chaqiriq oltinchi sessiya boʻlib oʻtdi.

Sessiyaga Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi, shahar hokimi Komil Xolmurodov boshchilik qildi va olib bordi.

Sessiya ishida deputatlar tomonidan:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmonining 1-sektor hududidagi ijrosi to‘g‘risida.

2. Davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha Jizzax shahar Adliya bo‘limining 2024-yil davomidagi faoliyati yuzasidan axborotini eshitish.

3. Jizzax shahrida 2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.

4. Jizzax shahrida Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga ko‘maklashish to‘g‘risida.

5. Shahar byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.

6. O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida” O‘RQ-937-sonli Qonunining shahardagi ijrosi to‘g‘risida.

7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining mahalliy Kengashlarni kuchaytirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlari to‘g‘risidagi masalalar koʻrib chiqildi.

Sessiya soʻngida mahalliy OAV vakillari uchun matbuot anjumani ham tashkil etildi. Jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi. Sessiya ishi ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirga uzatildi.

Slide 1 of 8