Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tadbirkorlar va o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar OSHP hududida amalga oshirilgan ishlar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash raisining o‘zi saylangan hududdagi Gulbahor OSHP faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Kengash raisining o‘zi saylangan hududdagi faoliyati
янв.21
Ayritom mahallasida keng qamrovli nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi: Muammolar o‘rganildi, amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Deputatlar tomonidan targ‘ibot ishlarini olib borildi:
янв.21
Nazorat tahlili tadbirid davomida hududdagi bog‘cha hamda maktab sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputat nuroniylar holidan xabar olib, hududdagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Deputat hududlarda bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
“Ekofaol fuqaro” maqomi beriladi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyat kengashi va hududiy partiya tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Shunday tadbirlardan biri, viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida bo‘lib o‘tdi. ZOOM platformasi asosida o‘tkazilgan yig‘ilishda, Prezident Farmoni asosida oilaning barcha voyaga yetgan a’zolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, ushbu oilaga “yashil oila” maqomini berish hamda ularga har yili ochiq tanlov orqali 14 ta elektromobil berilishi, ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan banklarda iste’mol kreditini olishda chegirma taqdim etish yuzasidan berilayotgan keng imkoniyatlar batafsil tushuntirildi. bilan bir qatorda ekologik barqarorlikni ta’minlash yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalar xaqida so‘z yuritildi. 

Ta’kidlandiki, aholi uchun barpo etilayotgan piyodalar va alohida velosiped yo‘laklari bo‘yida daraxtlar va o‘simliklarni ekish orqali “Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratish belgilandi. Yomg‘ir va oqova suvlardan samarali foydalanish orqali, mahallalardagi daraxtlarni zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar yordamida sug‘orish tizimi joriy etiladi.

Tadbirda, atrof muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yilida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar kelishib olindi.

Slide 1 of 5