Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarning mahallalarda aholi bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Orol MFYda jinoyatchilikning oldini olish ishlari tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv binosi — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yangihayotda yo‘l ta’mirlash ishlari nazoratda
янв.21
Jamoat xavfsizligi ta’minoti bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
“Termiztumangaz” bo‘limining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Bino zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlanib, xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi ma’muriy bino foydalanishga topshirildi
янв.21
Fuqarolarning muammo va takliflari o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#24_ta_muhim_masala

Ijtimoiy hodim faoliyati oʻrganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 9-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputat A.Allamuradovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Paxtakor" MFYda bo‘lib,mahalladagi ijtimoiy xodimining ish faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan olib borilayotgan ishlar, xususan, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy yordamga ehtiyoji mavjud fuqarolar bilan ishlash tizimi tahlil qilindi.

Aniqlanishicha, mahallada ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish borasida tizimli ishlarni yuqori darajaga olib chiqish va fuqarolarning murojaatlari muntazam ravishda o‘rganilib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rishni jadallashtirish lozim. Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda turli ijtimoiy dasturlar doirasida ishlar tashkil etilgan.

O‘rganish davomida ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada takomillashtirish zarurligi qayd etildi. Jumladan, ehtiyojmand oilalarni aniqlashda yanada chuqur tahlil olib borish, nogironligi bor yoshlar va ayollar bilan ishlashni kuchaytirish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish hamda profilaktik ishlarni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

📄Yakunda ijtimoiy xodim faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholining ijtimoiy muammolarini tizimli hal etish va mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 1