Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarning mahallalarda aholi bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Orol MFYda jinoyatchilikning oldini olish ishlari tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv binosi — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yangihayotda yo‘l ta’mirlash ishlari nazoratda
янв.21
Jamoat xavfsizligi ta’minoti bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
“Termiztumangaz” bo‘limining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Bino zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlanib, xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi ma’muriy bino foydalanishga topshirildi
янв.21
Fuqarolarning muammo va takliflari o‘rganildi
Mahalladagi ishlar holati o‘rganildi

#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#kunlik_ish_reja_ijrosi

Mahalladagi ishlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 8-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat A. Ergashevning okrugidagi “Yangikent” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov tomonidan mahalla raisi hamda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

O‘rganish jarayonida mahallada hududni rivojlantirish, aholi bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash, aholi bandligini ta’minlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla raisi va hokim yordamchisining aholi murojaatlari bilan ishlashi, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha olib borayotgan faoliyatiga e’tibor qaratildi. O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarorida belgilangan mahallalardagi muammolarni o‘rganish, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini nazorat qilish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish tartibi asosida amalga oshirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2