Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Orol MFYda jinoyatchilikning oldini olish ishlari tahlil qilindi
янв.21
Deputatlarning mahallalarda aholi bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yangi o‘quv binosi — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yangihayotda yo‘l ta’mirlash ishlari nazoratda
янв.21
“Termiztumangaz” bo‘limining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Jamoat xavfsizligi ta’minoti bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
Bino zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlanib, xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi ma’muriy bino foydalanishga topshirildi
янв.21
Fuqarolarning muammo va takliflari o‘rganildi
O'rganish

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan Shalxar OFYda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar hamda xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.

🔹 Mahalladagi xotin-qizlarning murojaatlari va mavjud muammolariga e’tibor qaratilib, ularni o‘z vaqtida aniqlash hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalari ko‘rib chiqildi.

🔹 Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyatga ham alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida xotin-qizlar faoli faoliyatini yanada samarali tashkil etish, mavjud muammolarni bartaraf etish, murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish hamda mahalladagi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash va jamiyatdagi faolligini oshirish — mahalladagi muhim vazifalardan biridir.

Slide 1 of 2