35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan 16-17 sentabr kunlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan 14-15 sentabr kunlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan dayjesti
янв.21
Suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
MAKTABDAGI SPORT ZALLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik so‘roviga asosan chiqindilar masalasi o‘rganildi
янв.21
MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB: MUAMMO IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SHAXSIY TARKIB HUJJATLARI DAVLAT ARXIVI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MODDIY-MADANIY MEROS OBYEKTI HOLATI O‘RGANILDI
51-SONLI MAKTABDA “SI DAVOMAT” TIZIMI MUHOKAMA QILINDI

O‘quvchilarning darslarga qatnashishini raqamli nazorat qilish, davomatni yuritish hamda ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan 51-sonli umumta’lim maktabi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝Uchrashuvda Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi deputati N. Eshmetova hamda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati R. Yusupov ishtirok etdi.

💻Suhbat davomida poytaxt maktablarida sinov tariqasida joriy etilayotgan “SI Davomat” tizimining imkoniyatlari va ishlash mexanizmlari haqida fikr almashildi.

📌Mazkur tizim zamonaviy smart-kameralar va Face ID texnologiyasi orqali o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini avtomatik qayd etish, sababsiz dars qoldirilgan holatlarda ota-onalarni SMS orqali xabardor qilish imkonini beradi.

🔎Shuningdek, davomatga oid ma’lumotlarni maktab direktori, profilaktika inspektori, Milliy gvardiya xodimi va mahalla vakillariga yetkazish, tizimni ERP Maktab hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining DMED axborot tizimi bilan integratsiya qilish masalalari ham muhokama qilindi.

✅Uchrashuv yakunida maktab rahbariyatiga tizimdan samarali foydalanish, o‘quvchilar davomatini raqamli nazorat qilish hamda ta’lim jarayonida intizomni mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1