Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarning mahallalarda aholi bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Orol MFYda jinoyatchilikning oldini olish ishlari tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv binosi — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yangihayotda yo‘l ta’mirlash ishlari nazoratda
янв.21
Jamoat xavfsizligi ta’minoti bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
“Termiztumangaz” bo‘limining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Bino zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlanib, xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi ma’muriy bino foydalanishga topshirildi
янв.21
Fuqarolarning muammo va takliflari o‘rganildi
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish olib borildi

#Sessiya_kun_tartibidagi_masala #biriktirilgan_tashkilot #kunlik_ish_reja_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati #162_ta_Qonun #deputat_faoliyati #doimiy_komissiya_faoliyati
#nazorat_tahlil

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Q. Igamberdiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov Qiziriq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, markaz faoliyati yuzasidan bir nechta yo‘nalishda o‘rganish ishlarini olib bordilar.
Birinchi yo‘nalish — biriktirilgan tashkilot bilan ishlash.

Tashrif davomida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari bilan ishlash jarayoni, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning holati hamda mavjud muammolar o‘rganildi. Shuningdek, markaz mas’ullari bilan deputatlik faoliyati doirasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, aniqlangan muammolarni tizimli ravishda o‘rganib borish va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishida kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Ikkinchi yo‘nalish — qonun ijrosini o‘rganish.
O‘rganish jarayonida “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-415, 26.12.2016-y.) ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida tegishli masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini aniqlash, ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, murojaatlar bilan ishlash hamda belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi holatlari yuzasidan mas’ullarning ma’lumotlari tinglandi. O‘rganish davomida aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar qayd etildi.

Uchinchi yo‘nalish — navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala.
Shuningdek, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala yuzasidan ham atroflicha o‘rganish olib borildi. Mas’ullarning qo‘shimcha hisobotlari tinglanib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiyasi yig‘ilishi va sessiyasida muhokama qilish uchun zarur ma’lumotlar to‘plandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5