Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarning mahallalarda aholi bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Orol MFYda jinoyatchilikning oldini olish ishlari tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv binosi — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yangihayotda yo‘l ta’mirlash ishlari nazoratda
янв.21
“Termiztumangaz” bo‘limining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Jamoat xavfsizligi ta’minoti bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
Bino zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlanib, xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi ma’muriy bino foydalanishga topshirildi
янв.21
Fuqarolarning muammo va takliflari o‘rganildi
Qiziriq tumanida olib borilgan o'rganishlar yakunida tumanda barqaror ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi

#kotibiyat_mudiri_faoliyati #nazorat_tahlil

Qiziriq tumanida olib borilgan o'rganishlar yakunida tumanda barqaror ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Eshmuratov Abdulxakim Xushbokovich tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan tumanda barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha shtab faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida mazkur yo‘nalishda tumanlarda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Shuningdek, shtablar faoliyati samaradorligini oshirish, yangi barqaror ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini ko‘paytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan shtab a’zolari va mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Mazkur jarayonda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, Qiziriq tumani hokimi Sh.Allamurotov, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev, shtab a’zolari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.

Asosiy maqsad — aholi bandligini ta’minlash, barqaror daromad manbalarini yaratish va fuqarolarning farovonligini oshirish.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5