Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashini kotibiyat mudiri A.Avliyakulov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda asosan Doimiy komissiya raislari va partiya rahbarlari ishtirok etishdi. Kun tartibida deputatlar kotibiyatining, deputatlar va partiyaning hozirgi kundagi faoliyatida uchrayotgan ijobiy hamda salbiy ishlarni muhokama qilib kelgusida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr-mulohaza almashishdi.
A.Avliyakulov yig‘ilish so‘ngida deputatlarning faoliyatiga jiddiy qarashi lozimligi, saylovchilar bilan uchrashuvlarni o‘z vaqtida bo‘lishi uchrashuv davomida tushgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga so‘rovlar yuborib belgilangan tartibda javoblar olinishi kerakligini ta’kidladi.