Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan o‘rganish
янв.21
Tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi tomonidan banklarda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Aholini ro‘yxatga olishda joylarda tizimli ishlar va deputatlarning faol ishtiroki
янв.21
Aholini ro‘yxatga olish jarayonida mahalla yettiligi va deputatlar hamkorligi
янв.21
Illatning ildiziga qarshi kurashish – har birimizning burchimiz
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Aholining huquqiy muammolari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Termiz tuman Kengashi deputat tomonidan Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi ishtirokida hududdagi kamchiliklar o‘rganildi
DEPUTAT FAOLIYATI:

DEPUTAT FAOLIYATI: 

Xalq deputatlari Jaro'rg'on tuman Kengashiga 10- "Nurli-diyor" saylov okrugidan saylangan deputat A.Samanov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-sonli qarori asosida Jarqo‘rg‘on tumanini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, chora-tadbirlar, loyihalarning bajarilishi yuzasidan deputatlik nazorat tahlil tadbirlarini olib bordi.

Hududlarni rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi hamda “Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimi samaradorligini yanada oshirish, o‘zaro hamkorligini mustahkamlash maqsadida hamda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan tuman Kengashi deputatlari joylarda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Shuningdek, tumandagi "Nurli diyor" mahallasidagi "JARQO'RG'ON UNIVERSAL HAMKOR GOLD" MChJ tomonidan Mehmonxona faoliyatini kengaytirish, hostel qurilish ishlari bilan tanishildi, "MAKSUDA GOLD STAR NUR" MCHJ tomonidan qurilish materillarini ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish hamda mebel ishlab chiqarishni tashkil etish, "MANI-INVEST-GOLD" MCHJ tomonidan qurilayotgan zamonaviy uy-joy qurishni tashkil etish, "OY NUR FAYZ BARAKA" MCHJ tomonidan non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va "SURHONDARYO TRAKTOR INVEST" MCHJ tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlar savdo markazini tashkil etish ishlari bilan deputat tanishib, loyihalarda uchrayotgan muommolar yuzasidan deputatlik nazoratini o'rnatdi hamda loyihalarni bajarilishida sustkashtlikga yo'l qo'yayotgan korxona raxbarlariga tushuntirishlar berilib, murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

✍️ Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi

Slide 1 of 1