Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazildi
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida hududda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada kuchaytirish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va ularni turli tashabbuslarga keng jalb etish yuzasidan fikr almashildi.
Yig‘ilish yakunida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olinib, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.