Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”ги 706-II-сонли O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
❓ 1-qism. Deputat kim va uning faoliyati nimalarga asoslanadi?
✅ DEPUTAT — XALQ ISHONCHI VA VAKILI
✅ Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputati — saylovchilar ishonchini ifoda etuvchi vakildir.
✅ «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga muvofiq, tegishli Kengashga saylangan va saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deputat hisoblanadi.
✅ Qonunning 2-moddasida deputat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonun, mazkur Qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi belgilangan.
✅ Deputat muayyan muddatga saylanadi. Uning vakolatlari tegishli xalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddati bilan bog‘liq.
✅ Shuning uchun deputatlik faqat saylovda g‘olib bo‘lish emas. Bu — qonun doirasida faoliyat yuritish, saylovchilar manfaatini himoya qilish va hudud taraqqiyotiga daxldor masalalarni ko‘tarish mas’uliyatidir.
✍✍✍ Deputat — xalq bilan Kengash o‘rtasidagi muhim ko‘prikdir.