Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan Aholining huquqiy muammolari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Termiz tuman Kengashi deputat tomonidan Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi ishtirokida hududdagi kamchiliklar o‘rganildi
янв.21
Termiz davlat pedagogika institutida Deputatlar va yoshlar ishtirokida Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng muhokama etildi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuvda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish rejalarini muhokama qildi
янв.21
Mahallalarda infratuzilma holati o‘rganildi: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari belgilandi
янв.21
Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida deputatlar tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Prezident murojaatnomasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
янв.21
Prezident Murojaatnomasi ijrosi doirasida deputat M. Shernayev tomonidan mahallalar infratuzilmasi chuqur o‘rganilmoqda
янв.21
Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mahallalar infratuzilmasi o‘rganilmoqda
Deputat mahalla raislari bilan mahalladagi ijtimoiy-kommunal xizmatlardagi muammolarini hal etish bo‘yicha muloqot o‘tkazdi.

Bugun Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati Nargiza Muhammadiyeva Yangiqo'rg'on tuman hokimligi majlislar zalida mahalla raislari bilan uchrashib, hududlardagi ijtimoiy va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolarni muhokama qildi.

Muloqot davomida aholining toza ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘l infratuzilmasi, chiqindilarni to‘plash hamda boshqa muhim xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari yuzasidan fikr almashildi.

Mahalla raislari o‘z hududlarida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tashabbuslarini bildirdilar. O‘z navbatida, deputat ushbu masalalarni tegishli tashkilotlar bilan birga hal qilish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida deputat mahalla faollari bilan hamkorlikni kuchaytirish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning tezkor hal etilishi bo‘yicha doimiy ish olib borish muhimligini qayd etdi.

Slide 1 of 5