35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi
янв.21
ISH BERUVCHINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH — MUHIM KAFOLAT
янв.21
INVESTITSIYALAR VA TASHQI SAVDO SOHASIDAGI FAOLIYATNI TASHKIL ETISH
янв.21
Deputatlar tomonidan madaniy-ma’rifiy ishlar o‘rganildi
янв.21
TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH — MUHIM HUQUQIY MAJBURIYAT
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGI — MUHOKAMADA
янв.21
Yangihayot MFY hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishish
янв.21
Atmosfera havosini asrash — har birimizning burchimiz
янв.21
Energiya tejamkorligi — kelajak taraqqiyotining muhim omili!
Ayollar va qizlar taqdiri — jamiyat e’tiboridagi muhim masala

Ayollar va qizlar taqdiri — jamiyat e’tiboridagi muhim masala

Jamiyat taraqqiyoti, oilalar mustahkamligi va farzandlar kelajagi, avvalo, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning xavfsiz, munosib va erkin hayot kechirishini ta’minlash bilan chambarchas bog‘liq.

Shu nuqtayi nazardan, Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari hamda xotin-qizlar faollari ishtirokida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, erta turmush va erta tug‘ruq, oilaviy ajrimlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan huquqiy kafolatlarning amaliy ahamiyati haqida fikr almashildi. Mazkur Qonun 2019-yil 17-avgustda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 23-avgustda Senat tomonidan ma’qullangan.

Suhbat davomida xotin-qizlar va yosh qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash, oilaviy nizolarning kelib chiqish sabablarini barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Ayniqsa, yosh qizlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash va jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish ularni erta turmush, zo‘ravonlik va boshqa salbiy holatlardan himoya qilishning muhim omili ekani ta’kidlandi.

Davra suhbatida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, xavf guruhidagi oilalarni aniqlash, xotin-qizlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda muammolarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahallalarda xotin-qizlar faollari, deputatlar, mutasaddi tashkilotlar va jamoatchilik vakillarining hamkorligini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Davra suhbati yakunida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini kuchaytirish, erta turmush va erta tug‘ruqning oldini olish, oilaviy ajrimlarni kamaytirish hamda muammoli oilalar bilan individual ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Zero, xotin-qizni himoya qilish — faqat bir insonni emas, butun bir oilani, oilani himoya qilish esa jamiyat kelajagini himoya qilishdir.

Har bir ayol — e’tiborda.

Har bir qiz — himoyada.

Har bir oila — jamiyat e’tiborida.

Slide 1 of 6