Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarning mahallalarda aholi bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Orol MFYda jinoyatchilikning oldini olish ishlari tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv binosi — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yangihayotda yo‘l ta’mirlash ishlari nazoratda
янв.21
“Termiztumangaz” bo‘limining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Jamoat xavfsizligi ta’minoti bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
Bino zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlanib, xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi ma’muriy bino foydalanishga topshirildi
янв.21
Fuqarolarning muammo va takliflari o‘rganildi
Senat qo‘mitasi topshirig‘i ijrosi: deputat maktabdagi tadbirda ishtirok etdi

Senat qo‘mitasi topshirig‘i ijrosi: deputat maktabdagi tadbirda ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2026-yil 28-avgustdagi 09-14/3538-sonli xatida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati Oʻ.Norboyev tumandagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida boʻlib, yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi hamda o‘quvchilar va pedagoglar jamoasini yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, deputat ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida tashkil etilgan “Mustaqillik” darsi o‘tkazildi.

Dars jarayonida o‘quvchilarga mustaqilligimizning 35 yilligida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va daxldorlik tuyg‘usi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Slide 1 of 6