Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarning mahallalarda aholi bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Orol MFYda jinoyatchilikning oldini olish ishlari tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv binosi — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yangihayotda yo‘l ta’mirlash ishlari nazoratda
янв.21
Jamoat xavfsizligi ta’minoti bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
“Termiztumangaz” bo‘limining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Bino zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlanib, xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi ma’muriy bino foydalanishga topshirildi
янв.21
Fuqarolarning muammo va takliflari o‘rganildi
#_deputat_faoliyati #_kunlik_ish_reja_ijrosi #_kotibiyat_faoliyati Tuman Kengashi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligi
#_deputat_faoliyati
#_kunlik_ish_reja_ijrosi
#_kotibiyat_faoliyati
Tuman Kengashi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga “23-Aeroport ” saylov okrugidan saylangan deputat N.Chorshanbieva va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova o‘z saylov okrugida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazib, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularning huquqiy muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqdalar.
Shu maqsadda saylov hududida joylashgan “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv davomida tashkilot tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan bepul huquqiy maslahat va amaliy yordamlar, aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularga huquqiy tushuntirishlar berish, ijtimoiy va huquqiy muammolarini hal etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir yakunida tuman Kengashi “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish qamrovini kengaytirish hamda fuqarolarning huquqiy bilim va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni muntazam tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.
Bunday hamkorlik aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini bilishi hamda ularni himoya qilish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Slide 1 of 3