Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarning mahallalarda aholi bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Orol MFYda jinoyatchilikning oldini olish ishlari tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv binosi — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yangihayotda yo‘l ta’mirlash ishlari nazoratda
янв.21
“Termiztumangaz” bo‘limining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Jamoat xavfsizligi ta’minoti bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
Bino zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlanib, xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi ma’muriy bino foydalanishga topshirildi
янв.21
Fuqarolarning muammo va takliflari o‘rganildi
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Bo‘ston” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida joylashgan 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yilida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.O‘rganish davomida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumida barqaror faoliyat yuritishi uchun amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari jamoatchilik nazorati asosida ko‘zdan kechirildi.O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining isitish tizimi, isitish uskunalari va qozonxonalarining texnik holati, issiqlik uzatish tarmoqlarining sozligi, shuningdek, o‘quvchilar uchun xavfsiz va munosib sharoitlar yaratilganligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari reja asosida olib borilayotgani aniqlandi. Maktab qozonxonalari foydalanishga tayyor holatga keltirilgan bo‘lib, yong‘in xavfsizligi vositalari va zarur anjomlar bilan ta’minlanganligi ko‘zdan kechirildi.O‘rganish yakunida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish,isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.  

Slide 1 of 5