Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarning mahallalarda aholi bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Orol MFYda jinoyatchilikning oldini olish ishlari tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv binosi — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yangihayotda yo‘l ta’mirlash ishlari nazoratda
янв.21
“Termiztumangaz” bo‘limining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Jamoat xavfsizligi ta’minoti bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
Bino zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlanib, xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi ma’muriy bino foydalanishga topshirildi
янв.21
Fuqarolarning muammo va takliflari o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja
#kotibiyat_mudiri
#kotibiyat_xodimi
#24_ta_masala

Bandixon tumanida ichimlik suvi tarmog‘idagi avariya holatini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda

✅Bandixon tumanida aholi yashash sharoitlarini yaxshilash, hududiy infratuzilma ob’ektlarini modernizatsiya qilish hamda aholini kafolatlangan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Jumladan, Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Pardayev, "Surxondaryo suv ta’minoti" AJ Bandixon tuman bo‘limi boshlig‘i A. Choriyev hamda tuman Kengashi mas’uli B. Qurbonovlar "Paxtakor" MFYning Xamkon ko‘chasida joylashgan ichimlik suvi tarmog‘ining D-150 mm lik qismida yuzaga kelgan avariya holatini joyida o‘rgandilar.

✅O‘rganish jarayonida nosozlikni qisqa muddatlarda bartaraf etish, suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik hamda iste’molchilarga ichimlik suvi yetkazib berishni uzluksiz davom ettirish bo‘yicha texnik imkoniyatlar tahlil qilindi.

✅Mutasaddi idora xodimlariga ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijro intizomi tuman Kengashi nazoratiga olindi.

Slide 1 of 6