35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tomonidan madaniy-ma’rifiy ishlar o‘rganildi
янв.21
INVESTITSIYALAR VA TASHQI SAVDO SOHASIDAGI FAOLIYATNI TASHKIL ETISH
янв.21
ISH BERUVCHINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH — MUHIM KAFOLAT
янв.21
TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH — MUHIM HUQUQIY MAJBURIYAT
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGI — MUHOKAMADA
янв.21
Yangihayot MFY hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishish
янв.21
Atmosfera havosini asrash — har birimizning burchimiz
янв.21
Energiya tejamkorligi — kelajak taraqqiyotining muhim omili!
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov
tomonidan tuman Sanitariya a epidemalogik osoyishtalik markazini yangi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi va “O‘chmas Nur” MChJ faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida korxona tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ayrim ishlar belgilangan muddatlarda bajarilmayotgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, 2025-yil noyabr oyida topshirilishi kerak bo‘lgan ishlar hanuzgacha yakunlanmagani e’tirof etildi.
Deputatlar tomonidan belgilangan vazifalarning kechiktirilishi nafaqat ijro intizomiga, balki aholi manfaatlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.
Har qanday loyiha yoki majburiyatning o‘z vaqtida bajarilishi tashkilotning mas’uliyati va ish samaradorligini belgilaydi.
Muloqot davomida mas’ullarga kechikish sabablarini bartaraf etish, ishlarni jadallashtirish hamda belgilangan vazifalarni qisqa muddatlarda yakunlash bo‘yicha aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ijro intizomini kuchaytirish va jamoatchilik oldidagi mas’uliyatni chuqur his etish zarurligi qayd etildi.
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan mazkur masala ijrosi doimiy nazoratda saqlanishi va belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan qo‘shimcha monitoring olib borilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 2