35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Nurafshon MFY hududidagi fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K.Abdullayeva tomonidan Nurafshon MFY hududidagi fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat hamda aholini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Fuqarolar tomonidan asosan taklif va mulohazalar bildirilib, mavjud masalalarning aksariyati joyida tushuntirildi. Bildirilgan takliflar kelgusidagi ishlar rejasini shakllantirishda inobatga olinishi ta'kidlandi.

Yakunda deputat tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlarini hal etish borasida erishilgan natijalar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil axborot berildi.

Slide 1 of 4