Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida iqtidorli va ijodkor yoshlarning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, ularni aniqlash va saralash, shuningdek, yoshlar salohiyatidan jamiyat taraqqiyoti yo‘lida samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, guruh a’zolari xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan yoshlarga oid masala yuzasidan tayyorlanayotgan qaror loyihasi bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar.
Yig‘ilish yakunida ilgari surilgan takliflarni inobatga olgan holda ularni amaliyotga tatbiq etish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.