Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Kelajak” mahallasida yettilik faoliyati o‘rganildi

“Kelajak” mahallasida yettilik faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi K.Abdullayeva tomonidan “Kelajak” mahallasida yettilik faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida yettilik tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan faoliyat ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla mas’ullari bilan muloqot o‘tkazilib, yettilik faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha fikr almashildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi hamda yettilik faoliyati ustidan nazorat ishlari davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 4