Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi ijrosi joyida o‘rganildi

Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi ijrosi joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi T.Murodov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-son qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Termiz tumanining “Yangi hayot” mahallasida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish, obodonlashtirish hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari va mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishi yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi hamda Prezident qarori ijrosi ustidan nazorat ishlari davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 4