Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yo‘l xaritalari” ijrosi manzilli o‘rganildi
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — HAR BIRIMIZNING BURCHIMIZ!
янв.21
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilmoqda
янв.21
Organik mahsulotlar — sog‘lom hayot va ekologik xavfsizlik garovi
янв.21
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun – fuqarolar huquqlari va davlat kafolatlari
янв.21
Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonun mazmuni haqida qisqacha post
янв.21
“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun
янв.21
Davlat soliq inspeksiyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish — har bir fuqaroning huquqi

Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish — har bir fuqaroning huquqi

O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni 2019-yil 16-aprelda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2019-yil 21-iyunda Senat tomonidan ma’qullangan.

Mazkur Qonunning asosiy maqsadi shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini ta’minlash hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Qonunga muvofiq, shaxsga doir ma’lumotlardan faqat qonuniy asoslarda foydalanilishi, ularning maxfiyligi va xavfsizligi ta’minlanishi lozim. Har bir fuqaro o‘ziga oid ma’lumotlarning qanday qayta ishlanayotganini bilish, ularga o‘zgartirish kiritishni yoki qonunchilikda belgilangan hollarda ularni o‘chirishni talab qilish huquqiga ega.

Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish – fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, axborot xavfsizligini mustahkamlash hamda zamonaviy raqamli jamiyatda ishonchli huquqiy muhitni shakllantirishning muhim omillaridan biridir.