Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarga biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
“Yo‘l xaritalari” ijrosi manzilli o‘rganildi
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — HAR BIRIMIZNING BURCHIMIZ!
янв.21
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilmoqda
янв.21
Organik mahsulotlar — sog‘lom hayot va ekologik xavfsizlik garovi
янв.21
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun – fuqarolar huquqlari va davlat kafolatlari
янв.21
Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonun mazmuni haqida qisqacha post
янв.21
“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun
янв.21
Davlat soliq inspeksiyasi faoliyati o‘rganildi
#DEPUTAT_SAYLOVCHILARGA_AXBOROTI
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi deputati Xolmatova Nasima Maxamatjonovna 2026 yilning II-choragi yakunlari bo‘yicha o‘zi saylangan 13-Sohibkor okrugidagi Sohibkor mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosari va mas’ul xodimlari, Tuman gaz ta’minoti, elektr ta’minoti, suv oqava hamda avtoyo‘l davlat tashkilotlari, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, Inson ijtimoiy xizmati agentligi, mahalla yettiligi xodimlari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida deputatning o‘tgan chorak mobaynida tumanda hamda o‘zi saylangan okrugi xududida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida olib boriladigan rejalari yuzasidan axboroti eshitildi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida saylovchilarning fikrlari va takliflari eshitilib, fuqarolar tomonidan mahallada bir qator muammolarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish kerakligi bildirildi. Jumladan, Istiqlol ko‘chasiga suyultirilgan gaz ballonlarni o‘z vaqtida yetib kelmaganligi ma’lum qilinib, tuman gaz ta’minoti xodimi tomonidan 1 kun muddatda yetkazilishi ta’minlandi. Fuqaro G.Ultanova tomonidan uzoq yillar davomida o‘z xonadonida yashab kelayotganligi, ushbu xonadonda ro‘yxatdan chiqmayotganligi bildirilib, tuman hokimligi va kadastr agentligi mas’ul xodimlari tomonidan joyida o‘rganilib bartaraf etildi.

Shu kabi bir qator murojaatlar Elektr va Suvoqava tashkilotlari mas’ul xodimlariga ham bildirilib, mutaxassislar tomonidan joyiga chiqqan holda muammolar bartaraf etildi.

| Web.sayt |Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |
Slide 1 of 4