Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v
янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
#Deputat_faoliyati (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) #KorrupsiyagaQarshiKurash (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) #HalollikVaksinasi (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) #Shaffoflik (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) #TermizShahar (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) 🏛️Korrupsiyaga qarshi kurash – shaffof va samarali boshqaruvning muhim omili

Muhokamalarda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, bosh mutaxassislar R.Mamashukurov va A.Temirov hamda korxona mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

💬Ta’kidlanganidek, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida tashkil etilmoqda.

💬Uchrashuv davomida fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda ochiqlikni ta’minlash, murojaatlar bilan ishlashda shaffof mexanizmlarni qo‘llash, inson omilini qisqartirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

💬Shuningdek, korxona jamoasida "Halollik vaksinasi" tamoyillarini keng targ‘ib qilish, xodimlarda halollik va mas’uliyat madaniyatini mustahkamlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xizmat vazifalarini vijdonan bajarish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi alohida qayd etildi.

💬Deputatlar tomonidan korrupsiyaning oldini olish faqat nazorat bilan emas, balki ochiqlik, hisobdorlik, jamoatchilik nazorati va halollik tamoyillarini hayotga tatbiq etish orqali samarali natija berishi ta’kidlandi.

🤝Uchrashuv yakunida sohada korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va shaffofligini yanada oshirish hamda qonunchilik talablarining ijrosini ta’minlash yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 1