Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari uyma-uy o‘rganildi
янв.21
Mahallada jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi manzilli o‘rganildi
янв.21
Haftalik ish rejasiga asosan tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tomonidan elektr ta’minoti korxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining "Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida"gi Qonuni
янв.21
Qonun hujjatlari va Kengash qarorlari ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: M.Eshtemirov mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati va ijtimoiy qonunchilik ijrosi deputatlik nazoratida
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich deputatlik nazorati doirasida o‘zi saylangan hududdagi “Bo‘ston” MFYda "mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.O‘rganish davomida mahalla ijtimoiy xodimi Raximova Gulzoda tomonidan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda boshqa ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligi va samaradorligi yuzasidan nazorat-tahlil ishlari olib borildi.Nazorat jarayonida “Bo‘ston” MFYda 33 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro, 16 nafar alohida ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxs, 1 ta kambag‘allik chegarasidagi hamda 9 ta kambag‘al oila mavjudligi aniqlandi.Shuningdek, 2026-yil davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 3 tasiga oziq-ovqat va moddiy yordam ko‘rsatilgani, 1 nafar fuqaroga davolanish uchun order ajratilgani, 9 nafar fuqaro POM va RTV mahsulotlari bilan ta’minlangani hamda 4 nafar mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxs doimiy ish bilan band qilingani qayd etildi.Deputat tomonidan ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda manzilli ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish ishlari yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilib, mavjud holat deputatlik nazorati tartibida baholandi.O‘rganish yakunida mahalla ijtimoiy xodimi bilan birgalikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar va chora-tadbirlar belgilandi.  

Slide 1 of 2