Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v
янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
Kotib

Maktabgacha ta’lim tashkiloti maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, ularga qarab turishni, ularni parvarishlashni va sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi. 

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Kamolot” mahallasidagi 446-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga yaratilgan sharoitlar, tibbiy yordam, bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy kamoloti, sanitariya-gigiena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishi o‘rganildi. 

O‘rganish tadbirlarida xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Gulchexra Azizova ishtirok etib, tashkilot mutasaddilari bilan maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni tarbiyalash, rivojlantirish va ularga ta’lim berishni ijobiy munosabatlar orqali amalga oshirish maqsadida o‘yinga asoslangan ta’lim bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashdi.

Tashkilotdagi ayrim muammolar yuzasidan ma’lumotlar deputat Kim Vitaliy Gennadevichga kiritilishi hamda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar natijadorligi nazoratga olinishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 4