Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v
янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
KORXONALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA

 KORXONALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi, Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputati Gavhar Alimova tomonidan shahar sanoat shtabi a’zolari bilan birgalikda korxonalar faoliyati o‘rganilmoqda.

Ushbu o‘rganishlar doirasida bugun, shahar hokimi mas’ullar hamrohligida shahar hududida joylashgan "JASURBEK ZUXRIDDIN" MChJ faoliyatini o‘rgandi.

Mazkur korxona un va un mahsulotlari ishlab-chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, bugungi kunda bu yerda 24 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda korxona tomonidan ishlab-chiqarilgan un mahsulotlari qo‘shni tumanlar va boshqa viloyatlarga buyurtma asosida yetkazib berilmoqda.

O‘rganish davomida ishlab-chiqarish jarayonlari, ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirilib, korxona faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Slide 1 of 5