Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v
янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
Yangi ma’muriy bino qurilishi deputatlik nazoratida.

 Yangi ma’muriy bino qurilishi deputatlik nazoratida.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 4-Abdulxamid Majidiy saylov okrugi deputati N.Xakimov tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahrining 2026-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Majburiy ijro byurosi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi uchun barpo etilayotgan yangi ma’muriy bino qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Tashrif davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, obyektning belgilangan loyiha asosida va tasdiqlangan muddatlarda amalga oshirilishi, qurilish materiallarining sifati hamda ishlar jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, qurilish ishlarini sifatli yakunlash, belgilangan muddatlarga rioya etish hamda mehnat va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🔹 Qurilish ishlarining borishi joyida o‘rganildi;
🔹 Loyiha va qurilish sifati yuzasidan nazorat olib borildi;
🔹 Ishlarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullar oldiga vazifalar qo‘yildi.

✅ Zamonaviy va qulay ma’muriy binolarni barpo etish davlat xizmatlari samaradorligini oshirish, fuqarolar uchun munosib sharoit yaratish hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7