DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Fuqarolar bilan uchrashuv davomida Qoraxon mahallasi aholisi tomonidan mahalla hududidagi piyodalar yo‘lakchasining nosoz holati yuzasidan murojaat kelib tushdi. Ta’kidlanishicha, mazkur holat fuqarolar, ayniqsa, keksalar va bolalarning harakatlanishida qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
Murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilib, piyodalar yo‘lakchasining holatini o‘rganish hamda uni ta’mirlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish so‘raldi.
Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.