Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v
янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
Samarqand shahar mahalliy budjetining 2026-yil I chorakdagi ijrosi sessiyada ko‘rib chiqildi

 Hisobotda qayd etilishicha, shahar mahalliy budjeti daromadlari prognozi 126,6 foizga bajarilib, rejalashtirilgan 68,6 mlrd so‘m o‘rniga 86,9 mlrd so‘m mablag‘ tushirildi. Natijada mahalliy budjetga 18,3 mlrd so‘m qo‘shimcha daromad jalb etildi.

Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan ta’lim, maktabgacha ta’lim, madaniyat, sport, obodonlashtirish hamda boshqa ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Ijtimoiy-madaniy tadbirlar uchun 46,8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.

Shuningdek, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Saxovat va ko‘mak” hamda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armalari orqali aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilgani ta’kidlandiSessiya davomida 2026-yilning keyingi davrida mahalliy budjet daromadlarini oshirish, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ijtimoiy soha muassasalarini moliyalashtirishni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.