Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v
янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
Nurobod tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

🇺🇿Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 21-sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

️Yig‘ilishda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda aholi uchun qulay infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan qator masalalar muhokama qilindi.

🔹 Jumladan, 2026-yilda tumandagi mahallalarda ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha dastlabki manzilli ro‘yxatni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan Nurobod tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari L.Eshmirzayevning hisoboti eshitildi.

🔹 Shuningdek, 2026-yil I chorak yakuni bilan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti bo‘yicha tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari R.Ibragimov axborot berdi.

🔹 Yig‘ilishda mahalliy byudjetning 2026-yil I chorak daromadlar rejasi oshirib bajarilishi natijasida iqtisod qilingan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish masalasi ham muhokama qilindi.

🔹 Bundan tashqari, “Nurobod tumani infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish hamda aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, narxlar barqarorligini saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.Niyazovning hisobotlari tinglandi.

✅Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar doimiy komissiya a’zolari tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 9