Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v
янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi

 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport
musobaqalari o‘tkazildi
 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Jahongir
Rahimberganovich Ahmedov rahbarligida 2026-yil 2-iyun kuni Qo‘shko‘pir tumani
Bolalar va o‘smirlar sport maktabi hududida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli
tashkil etish, ularni ommaviy sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush
tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport
musobaqalari tashkil etildi.
 

Musobaqalar arqon tortish, tosh ko‘tarish va mas-resling sport turlari
bo‘yicha o‘tkazilib, unda tumanning faol va sportga qiziquvchi yoshlari
ishtirok etdi. Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni
ommalashtirish, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish hamda vatanparvarlik
ruhini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
 

Mazkur musobaqalar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim
tashabbusning yoshlar ma’naviyati va jismoniy salohiyatini yuksaltirishga
qaratilgan ustuvor vazifalarini hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
  

Slide 1 of 1