Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v
янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
Deputat tomonidan yo‘l xavfsizligi masalasi joyida o‘rganildi

Paxtakor tumani Oltinko‘l mahallasi hududiga kirish qismida joylashgan avtomobil yo‘lining qatnov qismidagi beton ustunlardan birining qulab tushganligi yuzasidan fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur holat yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, transport vositalari va piyodalar uchun xavf tug‘dirishi hamda hududning tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir etayotgani aniqlandi.

Deputat tomonidan masala joyida tahlil qilinib, qulab tushgan beton ustunni o‘z joyiga qayta o‘rnatish hamda zarur hollarda rekonstruksiya qilish bo‘yicha tegishli tashkilotga deputatlik so'rovi yuboriladi.

Mazkur masala deputat nazoratida qolmoqda.

Slide 1 of 1