Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat mahallada

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, deputat Azizbek Erkinov Bekobod mahallasida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy-siyosiy muhit, aholi bilan ishlash tizimi hamda mahalla faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahalla ijtimoiy xodimi Mohinur Rustambekovna Aminovaning amalga oshirayotgan ishlari, aholining muammolarini o‘rganish va ularni hal etish borasidagi faoliyati yuzasidan axboroti tinglandi.

Shuningdek, fuqarolar farovonligini oshirish, mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada barqarorlashtirish hamda davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1