Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulbahor” MFYda agro sohasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
“TERMIZ AGRO IMPEX” va “SURXON FISH AGRO PROM KO” faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Aholi muammolari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ta’lim sifati va infratuzilma: 14-maktab faoliyati e’tiborda
янв.21
Guliston MFYda 24 ta dolzarb masala yuzasidan o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Termiz tumanida yo‘l xaritasi ijrosi doirasida loyiha holati tahlil qilindi
янв.21
Tuman banklarida xizmat sifati va sharoitlar tahlil qilindi
янв.21
Navro‘z MFYda obodonlashtirish ishlari: ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Termiz tumanida tibbiy xizmat sifati o‘rganilmoqda:
янв.21
Bozorlarda narx-navo barqarorligi nazoratda
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-“Tolbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna oʻzi saylangan okrugdagi “Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Deputat mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligiga alohida e’tibor qaratib, oilaviy muhitni mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, bandlik va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tadbir yakunida “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda aholini qiynab kelayotgan dolzarb
muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
 

Slide 1 of 3