Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati: Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va murojaatlar ijrosi e’tiborda
янв.21
Xaql deputatlari Termiz tuman Kengashininig 4-8 may ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hafta dayjesti
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov hamda kotibiyat xodimlari K.Abdullayeva, T.Murodov ishtirokida navbatdagi ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Deputatlar oldiga qo‘yilgan 24 ta muhim masala yuzasidan hududiy ishlar tahlil qilindi
янв.21
Hududda o‘quvchilar xavfsizligi va infratuzilmani yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot MFYda sug‘orish tizimini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Hududda elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Termiz tuman Kengashi ish faoliyati
янв.21
Qo‘ng‘irot MFYda ichimlik suvi ishlari deputat nazoratida
#Haftalik_dayjest

 2026-yil 27-aprel 2-may kunlari uchun belgilangan Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining haftalik ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi va uning doimiy komissiyalari hamda deputatlar, kotibiyat xodimlari tomonidan hafta davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash va infratuzilma loyihalarini nazorat qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. 

Jumladan, Prezident qarorlari ijrosi doirasida “Daryo bo‘yi” MFY hududida joylashgan 65-sonli umumta’lim maktabi hamda 32-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti binolarini rekonstruksiya qilish ishlari ustidan deputatlik nazorati olib borildi. Shuningdek, “Olmazor” MFYda qurilayotgan amfiteatr loyihasi ham o‘rganildi. 

Hududlarda mahalla tizimi faoliyatini o‘rganish ham e’tibordan chetda qolmadi. Xususan, “Z.M.Bobur” va “Boyovul” MFYlarda “mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligi deputatlar tomonidan tahlil qilindi. 

Tuman infratuzilmasini yaxshilash borasida ham amaliy ishlar olib borilmoqda. “Uyshin” MFY hududidan o‘tuvchi 95V100 avtomobil yo‘lining ayrim qismlarini asfaltlash loyihasi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatildi. 

Joriy yil 28-aprel kuni Xalq deputatlari tuman Kengashining 20-sessiyasi o‘tkazilib, Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, ekspert guruhi a’zolari, yoshlar maslaxat guruhi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Sessiyada hududni rivojlantirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bundan tashqari, tuman muzeyi faoliyati o‘rganilib, mavjud sharoitlar va muammolar yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. “Yashil bog‘” loyihasining
amaldagi holati ham joyiga chiqib ko‘rib chiqildi. 

Hafta davomida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda bajarilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusi rejalarga aniqlik kiritildi. 

Shuningdek, tuman Kengashi raisi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolarning yo‘l ta’miri, ijtimoiy yordam, bandlik, kadastr va
elektr ta’minoti kabi masalalarga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Amudaryo tumanida deputatlar tomonidan nazorat, o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish ishlari izchil davom etmoqda hamda hududni kompleks rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar kuchaytirilgan.  

Slide 1 of 1