Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati: Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va murojaatlar ijrosi e’tiborda
янв.21
Xaql deputatlari Termiz tuman Kengashininig 4-8 may ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hafta dayjesti
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov hamda kotibiyat xodimlari K.Abdullayeva, T.Murodov ishtirokida navbatdagi ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Deputatlar oldiga qo‘yilgan 24 ta muhim masala yuzasidan hududiy ishlar tahlil qilindi
янв.21
Hududda o‘quvchilar xavfsizligi va infratuzilmani yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot MFYda sug‘orish tizimini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Hududda elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Termiz tuman Kengashi ish faoliyati
янв.21
Qo‘ng‘irot MFYda ichimlik suvi ishlari deputat nazoratida
Uchtepa tumanida ichki yo‘llar - qaror ijrosi amalda va jamoatchilik nazorati kuchaymoqda

Uchtepa tumanida ichki yo‘llar - qaror ijrosi amalda va jamoatchilik nazorati kuchaymoqda

 📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq 27-sessiyasida tasdiqlangan “Uchtepa tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo'yicha 2026-yil uchun manzilli ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida”gi qaror ijrosini ta'minlash hamda uning samaradorligini joylarda o'rganish maqsadida Kengashning agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Djalolov Sanjar Gayratovich tomonidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

  ⏺ Deputat o‘z saylov okrugiga kiruvchi "Qoryog‘di" mahallasi hududida amalga oshirilayotgan asfalt qoplamasi ishlari bilan bevosita tanishdi. O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, mazkur qaror asosida mahalladagi bir qator ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, ular aniq manzilli ro‘yxat asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

 🧮 Xususan, Peshqadam ko‘chasining umumiy 3600 kv.m maydonidan yaroqsiz holga kelgan 500 kv.m qismi 44 mln. so‘m mablag‘ evaziga ta’mirlanishi belgilangan. Shuningdek, Qoryog‘di ko‘chasida umumiy 5400 kv.m maydonning 1000 kv.m qismi uchun 88 mln. so‘m, Yakdil ko‘chasida 5400 kv.m maydonning 500 kv.m qismi uchun 44 mln. so‘m hamda Sadoqat ko‘chasida 4500 kv.m maydonning 800 kv.m qismi uchun 70,4 mln. so‘m miqdorida mablag' ajratilib, asfalt qoplamasi yotqizilishi ko'zda tutilgan.

 ↗️ Umuman olganda, mazkur mahalla hududidagi ichki yo‘llarni yaxshilash uchun 246 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu aholi uchun qulay transport infratuzilmasini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.

 💬 Deputat tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida mahalla fuqarolari bilan ochiq muloqot qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Aholi vakillari ko‘p yillardan buyon yechimini kutib kelayotgan muammolar aynan deputatlar aralashuvi orqali bosqichma-bosqich hal etilayotganini, bu esa murojaatlarning manziliga yetib borishida muhim vosita bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladilar.

 📊 Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, manzilli dasturlar asosida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari nafaqat hududiy muammolarni bartaraf etish, balki aholining turmush sifatini oshirish, transport qatnovini yengillashtirish va hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini kuchaytirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, deputatlik nazorati va jamoatchilik ishtiroki uyg‘unligi mazkur jarayonlarning shaffof va samarali amalga oshirilishini ta’minlayotgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 6