Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash huzuridagi Ekspert guruhi tarkibi yangilandi:
янв.21
Muloqot va natija: Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda.
янв.21
Termiz tumanida yangi tibbiy ob’ekt: Aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam
янв.21
Deputatlar va yoshlar: Hamkorlikning yangi bosqichi
янв.21
Termiz tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar: Ijro va natija tahlili
янв.21
Termiz tumanida yangi uy-joylar qurilishi: Xalqparvar komissiyasi nazoratida:
янв.21
"Yangi hayot"dagi o'zgarishlar: infrastruktura yangilanmoqda
янв.21
"Yangi hayot" mahallasida infratuzilma loyihalari o‘rganildi:
янв.21
Deputatlar “Qahramon” MFYda: bog‘cha va poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar hududdagi yangi yo‘l sifatini ko‘zdan kechirdilar
Deputat axboroti

Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Ibrohimjon Abdullayev mahallalarda fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga saylangan deputat Ibrohimjon Abdullayev tomonidan tumandagi mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi. Mazkur uchrashuvlar aholining muammolarini bevosita o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini eshitish hamda joylarda mavjud muammolarga tezkor yechim topish maqsadida o‘tkazildi. Uchrashuvlarda "O‘tkir" hamda "Zulfuzar" mahallalari fuqarolari faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirdilar.

 📁 Muloqot davomida deputat tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani yanada takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, tuman Kengashi sessiyalari, doimiy komissiyalar faoliyati hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning yechimini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 📊 Uchrashuv jarayonida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar orasida 28-, 30-, 32-, 34-ko‘p qavatli uylarda issiq suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar, mahallalardagi asosiy ko‘chalarda daraxtlarga shakl berish va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholi bandligini ta’minlash maqsadida poyabzal ta’mirlash xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish hamda dori-darmon ta’minoti bilan bog‘liq masalalar alohida tilga olindi. Bundan tashqari, ijtimoiy sohaning boshqa yo‘nalishlariga oid bir qator taklif va muammolar ham muhokama qilindi.

 📝 Muloqot yakunlariga ko‘ra, jami 10 ga yaqin masalalar ko‘rib chiqildi. Ularning asosiy qismi joyida hal etilib, ayrim murakkab masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi, shuningdek, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi belgilab olindi.

🔼 Bunday ochiq muloqotlar aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni tizimli hal etish hamda hududlarni barqaror rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi tomonidan bu kabi uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etish rejalashtirilgan.

Slide 1 of 6