Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash huzuridagi Ekspert guruhi tarkibi yangilandi:
янв.21
Muloqot va natija: Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda.
янв.21
Termiz tumanida yangi tibbiy ob’ekt: Aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam
янв.21
Deputatlar va yoshlar: Hamkorlikning yangi bosqichi
янв.21
Termiz tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar: Ijro va natija tahlili
янв.21
Termiz tumanida yangi uy-joylar qurilishi: Xalqparvar komissiyasi nazoratida:
янв.21
"Yangi hayot"dagi o'zgarishlar: infrastruktura yangilanmoqda
янв.21
"Yangi hayot" mahallasida infratuzilma loyihalari o‘rganildi:
янв.21
Deputatlar “Qahramon” MFYda: bog‘cha va poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar hududdagi yangi yo‘l sifatini ko‘zdan kechirdilar
#96_ta_qonun 🌱 Tabiat, ichimlik suvi va ekologiyaga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlarining ekologiya, tabiatni muhofaza qilish hamda ichimlik suvi ta’minoti sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlanmoqda.

Mazkur jarayon doirasida 24-Qulchara saylov okrugi deputati Xudoyberganova Gulpashsha Sharipovnaga quyidagi muhim qonunlar biriktirildi:

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “«Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni (2016-yil 19-sentabr, O‘RQ-408-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “«O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni (2016-yil 21-sentabr, O‘RQ-409-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonuni (2022-yil 22-iyul, O‘RQ-784-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (2023-yil 9-noyabr, O‘RQ-877-son)

Mazkur qonunlarni chuqur o‘rganish orqali hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, oqova suv tizimlaridan to‘g‘ri foydalanish, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash hamda atrof-muhitga zarar yetkazuvchi holatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy ishlar yanada kuchaytiriladi.

Ayniqsa, bugungi kunda toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, yashil hududlarni ko‘paytirish, noqonuniy daraxt kesish va tabiatga zarar yetkazish holatlarining oldini olish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, mazkur deputatga Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Saimnazarov Ma’rufjon Jahongir o‘g‘li mas’ul etib biriktirildi.

Bu kabi tizimli yondashuv deputatlarning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi bilimini mustahkamlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda hududda sog‘lom va toza muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1