Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tadbirkorlar va o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar OSHP hududida amalga oshirilgan ishlar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash raisining o‘zi saylangan hududdagi Gulbahor OSHP faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Kengash raisining o‘zi saylangan hududdagi faoliyati
янв.21
Ayritom mahallasida keng qamrovli nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi: Muammolar o‘rganildi, amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Deputatlar tomonidan targ‘ibot ishlarini olib borildi:
янв.21
Nazorat tahlili tadbirid davomida hududdagi bog‘cha hamda maktab sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputat nuroniylar holidan xabar olib, hududdagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Deputat hududlarda bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda

Bugungi tadbirda ma’ruzachilar tomonidan eng muhim va hayotiy masalalarga alohida urg‘u berildi.

Ayniqsa, 2026-yilga “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb nom berilgani, Prezidentimizning Murojaatnomasida ilgari surilgan bosh g‘oya va ustuvor maqsadlarni yaqqol aks ettiradi.

✅Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar jarayonida mahalla instituti va mahalliy vakillik organlarining faol ishtiroki, hududlarda yuz berayotgan o‘zgarishlar hamda yangilanishlarning asosi sifatida mazkur hujjat muhim dasturilamal bo‘layotganini ta’kidlab o‘tdilar.

Shuningdek, 2026 yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan eng muhim 6 ta ustuvor yo‘nalish atroflicha muhokama qilindi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar, kutilyotgan natijalar va jamiyat hayotida kutilayotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida batafsil fikr yuritildi.nomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda

Joriy yilning 22-yanvar kuni Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari, OAV vakillari hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

✅Tadbirda shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi. Shuningdek, Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi raisi O‘tkirbek Rashidov tomonidan Murojaatnomada belgilangan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, islohotlarning amaliy ahamiyati, ularni hayotga tatbiq etish mexanizmlari hamda bu jarayonda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Slide 1 of 6