Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tadbirkorlar va o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar OSHP hududida amalga oshirilgan ishlar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash raisining o‘zi saylangan hududdagi Gulbahor OSHP faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Kengash raisining o‘zi saylangan hududdagi faoliyati
янв.21
Ayritom mahallasida keng qamrovli nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi: Muammolar o‘rganildi, amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Deputatlar tomonidan targ‘ibot ishlarini olib borildi:
янв.21
Nazorat tahlili tadbirid davomida hududdagi bog‘cha hamda maktab sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputat nuroniylar holidan xabar olib, hududdagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Deputat hududlarda bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Xolmo‘minov Abdivali Abdikarimovich 2026-yil birinchi yarim yilligi uchun tasdiqlangan uchrashuvlar jadvaliga muvofiq Kunchiqish mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Xolmo‘minov Abdivali Abdikarimovich 2026-yil birinchi yarim yilligi uchun tasdiqlangan uchrashuvlar jadvaliga muvofiq Kunchiqish mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

🤝Uchrashuv oddiy hisobot shaklida emas, balki muammolarni aniq belgilash va ularni bosqichma-bosqich hal etish mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratildi. Har bir murojaat mas’ul tashkilotlar kesimida tahlil qilinib, ijro muddatlari va nazorat tartibi muhokama etildi.

🛣 Infratuzilma, ijtimoiy xizmatlar sifati, yoritish va obodonlashtirish masalalari yuzasidan aniq takliflar ilgari surildi.

🗂 Ko‘tarilgan muammolarni tizimli hal etish, ularni nazoratga olish hamda natijadorlikni ta’minlash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.

Deputat tomonidan ta’kidlanganidek, saylovchilar bilan muloqot — bu muammoni eshitish emas, balki uni yechimigacha yetkazish jarayonidir.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 2