Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tadbirkorlar va o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar OSHP hududida amalga oshirilgan ishlar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash raisining o‘zi saylangan hududdagi Gulbahor OSHP faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Kengash raisining o‘zi saylangan hududdagi faoliyati
янв.21
Ayritom mahallasida keng qamrovli nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi: Muammolar o‘rganildi, amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Deputatlar tomonidan targ‘ibot ishlarini olib borildi:
янв.21
Nazorat tahlili tadbirid davomida hududdagi bog‘cha hamda maktab sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputat nuroniylar holidan xabar olib, hududdagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Deputat hududlarda bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati N. Akbarova A.Navoiy MFYda fuqarolar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etdi.

 Mazkur uchrashuvda mahalla aholisi, ayniqsa xotin-qizlar ishtirok etib, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida deputat N. Akbarova xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish, imtiyozli kredit va subsidiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha atroflicha ma’lumot berdi.

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan ishga joylashish, tikuvchilik va pazandachilik yo‘nalishlarida o‘quv kurslarini tashkil etish, uy sharoitida daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha murojaatlar va takliflar ilgari surildi. Har bir murojaat deputat tomonidan tinglanib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar belgilandi.

Slide 1 of 5