Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan o‘rganish
янв.21
Tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi tomonidan banklarda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Aholini ro‘yxatga olishda joylarda tizimli ishlar va deputatlarning faol ishtiroki
янв.21
Aholini ro‘yxatga olish jarayonida mahalla yettiligi va deputatlar hamkorligi
янв.21
Illatning ildiziga qarshi kurashish – har birimizning burchimiz
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Aholining huquqiy muammolari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Termiz tuman Kengashi deputat tomonidan Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi ishtirokida hududdagi kamchiliklar o‘rganildi
Tinchlik Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi

Bugungi globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlik masalasi barcha davlatlar uchun eng dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Xalqaro ziddiyatlar, geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuchayib borayotgan bir paytda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz tashqi siyosatini
ochiqlik, muloqot va tinchlik tamoyillari asosida izchil olib bormoqda. 

Shveytsariyaning Davos shahrida boʻlib oʻtgan Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ishtiroki mamlakatimizning global tinchlikni mustahkamlash yoʻlidagi qatʼiy pozitsiyasini
yana bir bor namoyon etdi. 

Mazkur hujjat tinchlikni taʼminlash, mojarolarning oldini olish, davlatlar oʻrtasida oʻzaro ishonch va hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan muhim xalqaro tashabbusdir. Oʻzbekistonning ushbu jarayonda faol ishtiroki mamlakatimizning nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosdagi masʼuliyatli davlat sifatidagi nufuzini yanada oshirmoqda. 

Soʻnggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro hurmat va pragmatik hamkorlik muhitini shakllantirishga erishdi. Davosdagi ushbu tashabbus ana shu siyosatning mantiqiy davomi boʻlib,
tinchlik-Oʻzbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishi ekanini tasdiqlaydi. 

Deputat sifatida shuni alohida taʼkidlashni istardimki, tinchlik va barqarorliksiz taraqqiyot boʻlishi mumkin emas. Xalqaro maydonda tinchlikparvar tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash orqali Oʻzbekiston, avvalo, oʻz fuqarolarining farovon kelajagi, yosh avlodning tinch va osoyishta hayoti uchun mustahkam poydevor yaratmoqda. 

Bugun Oʻzbekiston dunyoga urush emas, muloqot; qarama-qarshilik emas, hamkorlik; zoʻravonlik emas, tinchlik tarafdori ekanini amaliy harakatlari bilan isbotlamoqda. Bu esa milliy manfaatlarimizga toʻliq mos keladigan, uzoq muddatli va oqilona siyosatdir.

O'.Akkulov
Zomin tuman Kengashi deputati