📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi 14-Navoiy saylov okrugi deputati M.Ravshanova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muhammadiyevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Uchquduq tumanidagi Xalq qabulxonasi mudir o‘rinbosari J. Alimova va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig'i S.Sayfiddinovlar bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqildi.
🔎 O‘rganish ishlari Navoiy mahallasi, X.Do‘stligi ko‘chasi, 5-uyda yashovchi fuqaroning murojaati asosida tashkil etildi.
Muloqot davomida fuqaro o‘zining ikki nafar farzandini maktabdan tashqari ingliz tili va matematika fanlaridan qo‘shimcha mashg‘ulotlarga jalb etish masalasida yordam so‘radi. Mazkur masalani tezkorlik bilan hal etish, bolalarning qo‘shimcha ta’lim olishlari uchun zarur sharoit yaratish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi va masala ertangi kunning o‘zida hal etilishi ta’kidlandi.
👥 Shuningdek, fuqaro o‘z bandligini ta’minlash masalasida ham amaliy yordam so‘radi. Deputat M. Ravshanova ushbu murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishini, fuqaroni ish bilan ta’minlash masalasi qonuniy tartibda ko‘rib chiqilishini bildirdi.
✅ Asosiy maqsad — fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashdan iborat.