Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi Sanoat zonalari faoliyati va tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
янв.21
“Turon” mahallasida ekologik vaziyat deputatlik nazorati doirasida muhokama qilindi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish: ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
#deputatlik_nazorati #aholi_salomatligi #24_ta_yo‘nalish #2_band_ijrosi “Turon” mahallasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati deputatlik nazoratidan o‘tkazildi
янв.21
#deputatlik_nazorati #ko‘chama_ko‘cha #haftalik_ish_reja_ijrosi #Qonun_ijrosi #15 band_ijrosi Shifokor” mahallasida obodonchilik va yashil hududlar holati deputatlik nazoratidan o‘tkazildi
янв.21
“Farxod” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
“Farxod” mahallasida PF-116-sonli Farmon ijrosi va aholi muammolari muhokama qilindi
янв.21
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #murojaat_daftari #24_ta_tavsiyalar_ijrosi “Bo‘ston” mahallasida sanitariya holati o‘rganildi: Qirqiz ko‘chasidagi chiqindixona deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #ko'chama-ko'cha #murojaat_daftari Muammolar joyida o‘rganilmoqda: “Bo‘ston” mahallasidagi Qirqiz ko‘chasini asfaltlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi
PIYODALAR YO‘LAGI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI

Saylovchilarga axborot berish jarayonida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 21-B.Marg‘iloniy saylov okrugi deputati R.Alijonova fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni joyida o‘rganishga ham alohida e’tibor qaratdi.

Xususan, Mustaqillik ko‘chasida tadbirkorlik subyekti tomonidan piyodalar yo‘lagi egallab olingani yuzasidan saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatni o‘rganish maqsadida hududga chiqildi. O‘rganish jarayonida kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova, mahalla raisi va mahalla nuroniylari ham ishtirok etdilar.

Joyida o‘rganish davomida piyodalar yo‘lagidan foydalanish holati ko‘zdan kechirilib, fuqarolarning, ayniqsa, piyodalarning erkin va xavfsiz harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish masalasi muhokama qilindi.

Murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli choralar ko‘rish, piyodalar yo‘lagidan belgilangan maqsadda foydalanilishini ta’minlash hamda mavjud holatni qonuniy tartibda hal etish zarurligiga e’tibor qaratildi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5