2026-yil 1-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–51-son “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
📌 Farmon bilan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda davlat organlarining hisobdorligini kuchaytirishga qaratilgan yangi tartiblar belgilandi.
Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha rahbarlar hisobotlarini har chorakda kamida bir marta tegishli Kengashlarda eshitish va murojaatlar yuzasidan deputatlik nazoratini kuchaytirish mexanizmlari joriy etiladi.